locale OZ

Yevropa ligasi umumiy bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Yevropa ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi 28 avgust kuni Monakoda bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images

2026/27 yilgi Yevropa ligasi umumiy bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi.

27 avgust kuni saralash pley-off bosqichining 12 ta javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy bosqich qur’asi oldidan 36 ta jamoa to‘qqiztadan to‘rtta savatchaga ajratiladi.

Har bir klub har bir savatchadan ikkitadan raqibga qarshi bahs olib boradi.

2026/27 yilgi Yevropa ligasi umumiy bosqichi ishtirokchilari:

1-savatcha: «Bayer» (Germaniya), «Benfika» (Portugaliya), «Yuventus» (Italiya), «Milan» (Italiya), «Lion» (Fransiya), «AZ» (Niderlandiya), «Olimpiakos» (Gresiya), «Real Sosyedad» (Ispaniya), «Marsel» (Fransiya).

2-savatcha: «Ferensvarosh» (Vengriya), «Viktoriya» Plzen (Chexiya), «Yunion» (Belgiya), «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya), «Zalsburg» (Avstriya), «Seltik» (Shotlandiya), «Sparta» Praga (Chexiya), «Renn» (Fransiya), «Anderlext» (Belgiya).

3-savatcha: «Shturm» (Avstriya), «Lex» (Polsha), «Kristal Pelas» (Angliya), «Bornmut» (Angliya), «Sanderlend» (Angliya), «Syele» (Sloveniya), «Yagelloniya» (Polsha), «Omoniya» (Kipr), «Selta» (Ispaniya).

4-savatcha: «Hoffenhaym» (Germaniya), «Beshiktosh» (Turkiya), «Torrense» (Portugaliya), «Xapoel Beer-Sheva» (Isroil), «NEK» (Niderlandiya), «OFI» (Gresiya), «Lillestryom» (Norvegiya), «Levski» (Bolgariya), «Ararat-Armeniya» (Armaniston).

Yevropa ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi 28 avgust, juma kuni Monakoda bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting