Yevropa ligasi saralashi. «Shaxtyor» keyingi bosqichga yo'l oldi
Photo: Getty Images
Finlyandiyaning “Ilves” klubi hamda Ukrainaning “Shaxtyor” klublari o‘rtasidagi UEFA Yevropa Ligasi 2025/2026 yilgi mavsum birinchi saralash bosqichining javob uchrashuvi yakunlandi.
Uchrashuv gollarsiz durang bilan yakunlandi, yakuniy hisob 0:0.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin Sloveniya’da bo‘lib o‘tgan. Unda “Shaxtyor” klubi 6:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgandi.
Shu tariqa, “Shaxtyor” umumiy hisobda ishonchli g‘alabaga erishdi va Yevropa ligasining ikkinchi saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ilves 2025/2026 yilgi evrokuboklardagi ishtirokini yakunladi.
Yevropa Ligasi. Saralash bosqich
“Ilves” – “Shaxtyor” 0:0
Bahrom Bobonov
Redaktor