Yevropa ligasi. Chorak final juftliklari aniqlandi
Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yil 20 may kuni o'tkaziladi.
ФОТО: Getty images
Evropa ligasi 1/8 final bosqichining barcha uchrashuvlari yakunlandi va shundan so'ng musobaqaning chorak final juftliklari shakllandi.
Musobaqaning chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish oldi:
"Braga" — "Betis"
"Frayburg" — "Selta"
"Portu" — "Nottingem Forest"
"Bolonya" — "Aston Villa"
Joriy mavsum Evropa ligasi finali Istanbuldagi "Beshiktosh" stadionida bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yil 20 may kuni o'tkaziladi. Evropa ligasining amaldagi g'olibi — "Tottenhem". O'tgan yilgi finalda ingliz jamoasi "Manchester Yunayted"ni mag'lub etgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist