locale OZ

Yevropa Ligasi. «Betis» «Utrecht»dan ustun keldi, Antonidan assist

Uchrashuvda jami 3 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropa Ligasi. «Betis» «Utrecht»dan ustun keldi, Antonidan assist
ФОТО: Getty images

Yevropa ligasining 2025/26-yilgi mavsumi 5-turidan o‘rin olgan “Betis” – “Utrecht” uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Birinchi bo‘lim oxirida qanot himoyachisi Antonining uzatmasi hujumchi Kucho Ernandesga yetib bordi va hisob ochildi. 50-daqiqada hujumchi Eze Abde “Betis”dagi farqni oshirdi. 55-daqiqada yarim himoyachi Migel Rodriges “Utrecht” hisobini qisqartirdi.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi Yevropa ligasi finali Istanbuldagi “Beshiktosh” stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yini 2026-yilning 20-may kuni o'tkaziladi.

Yevropa Ligasi. 5-tur.
Betis — Utrecht 2:1
Gollar: Kucho (42), Ezzalzuli (50) — Rodriges (55).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting