Yevropa Ligasi. Betis, Nottinghem Forest, Shtutgartda g'alaba, Reynjers hamda Lillda mag'lubiyat va boshqa natijalar
Yevropa Ligasining 6-turidan o'rin olgan bir nechta uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Betis safarda Dinamo Zagrebni ishonchli tarzda taslim etdi. Nottinghem Forest Utrextni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Lill Yang Boyzga yutqazib qo'ydi. Bedia penaltidan foydalana olmadi. Zukru hamda Buaddi maydondan chetlatildi. Shtutgart Makkabini yirik hisobda tor-mor qildi. Reynjers kutilmaganda Ferensvaroshga yutqazdi va boshqa natijalar quyidagicha ko'rinish olgan.
Yevropa Ligasi. 6-tur. 11 dekabr
Dinamo Zagreb — Betis 1:3
Gollar: Galeshich (90) — Dominges (31, avtogol), Rikelme (34), Antoni (38).
Utrext — Nottinghem Forest 1:2
Gollar: van der Xorn (73) — Kalimuendo (52), Igor Jezus (88).
Yang Boyz — Lill 1:0
Gol: Males (61).
Foydalanilmagan penalti: Bedia (35, Yang Boyz).
Chetlatish: Zukru (90+2, Yang Boyz) — Buaddi (32, Lill).
Shtutgart — Makkabi Tel-Aviv 4:1
Gollar: Assinion (24), Tomas (37), Mittelshtadt (50, penalti), Vagnoman (90+4) — Revivo (52).
Midtyulland — Genk 1:0
Gol: Cho Hyo Son (17).
Ferensvarosh — Reynjers 2:1
Gollar: Otvos (45+5), Varga (72) — Miovski (27).
Shturm — Srvena Zvezda 0:1
Gol: Ivanich (55).
Nitssa — Braga 0:1
Gol: Delgado (28).
Ludogores — PAOK 3:3
Gollar: Stanich (33), Verdon (71), Chochev (77) — Despodov (39), Volyakko (48), Mitu (90).