locale OZ

Yevropa ligasi. «Aston Villa» Malenning dubliga tayanib g‘alaba qozondi

Birmingem klubi 3-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Evropa ligasi. «Aston Villa» Malenning dubliga tayanib g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

Yevropa ligasining 5-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki to‘qnashuv yakunlandi.

Unai Emeri boshchiligidagi "Aston Villa" bu turda "Young Boys" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Angliya klubining ikki goliga ham Malen mualliflik qildi. Niderlandiyalik hujumchi uchrashuvning 27 va 42-daqiqalarida gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Malenning ikki goliga Joel Monteyru 90-daqiqada javob berdi va hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Yevropa ligasi. 5-tur

“Aston Villa” 2:1 “Young Boys”

Gollar: Malen 27, 42 – Monteyru 90

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting