locale OZ

YeChL. Vinisiusning yagona goli «Real»ga «Benfika» ustidan g‘alaba keltirdi

Javob bahsi 25 fevralga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YeChL. Vinisiusning yagona goli «Real»ga «Benfika» ustidan g‘alaba keltirdi
ФОТО: Getty images

Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi ilk uchrashuv yakunlandi.

Lissabondagi «Da Lush» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «qaymoqranglilar» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinining 50-daqiqasida «qirolicha klub» vingeri Vinisius Junior uchrashuvdagi yagona golni kiritdi.

«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob o‘yini 25 fevral kuni Madriddagi «Santiago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Evropa Chempionlar ligasi, o‘tish o‘yini

«Benfika» (Portugaliya) — «Real» (Ispaniya) — 0:1

Gol: Vinisius Junior, 50 (0:1).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting