locale OZ

YECHL. «Tottenhem» Londonda «Slaviya»ni yirik hisobda mag'lub etdi

"Tottenhem" Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 11 ochko bilan sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YECHL. «Tottenhem» Londonda «Slaviya»ni yirik hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

"Tottenhem" o‘z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan bahsda "Slaviya"ni mag‘lub etdi - 3:0.

Mezbonlar safida Muhammad Kudus va Xavi Simons o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi – har ikkala yarim himoyachi ham penaltini aniq amalga oshirdi. Yana bir golni mehmonlar himoyachisi David Zima o‘z darvozasiga kiritdi.

Shunday qilib, "Tottenhem" Chempionlar ligasi umumiy turnir jadvalida 11 ochko bilan sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Slaviya" 3 ochko bilan 32-pog‘onada bormoqda.

YECHL. 6-tur

Tottenhem - Slaviya - 3:0

Gollar: Zima, 26 - avtogol (1:0). Kudus, 50 - penaltidan (2:0). Simons, 79 - penaltidan (3:0)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting