YeCHL. «Real» «Monako»ni tor-mor etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Mbappedan dubl, Vinisius 1+2.
ФОТО: Getty images
Yevropa Chempionlar ligasi 7-turida “Real” o‘z maydonida “Monako”ga qarshi bahsda yirik hisobda g‘alaba qozondi - 6:1. Kylian Mbappe dublga erishdi, Vinisius bir gol va ikki assist qayd etdi. Jud Bellingem ham monegasklar darvozasini ishg‘ol etdi.
Natiajada “Real” 15 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Monako” (9 ochko) 20-o‘rinda bormoqda.
YeCHL. 7-tur
“Real” – “Monako” - 6:1
Gollar: Mbappe, 5 (1:0). Mbappe, 26 (2:0). Mastantuono, 51 (3:0). Kerer, 55 - o‘z darvozasiga (4:0). Vinisius Junior, 63 (5:0). Teze, 72 (5:1). Bellingem, 80 (6:1)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist