YeChL. «Olimpiakos» «Bayer»ni mag'lub etdi
Leverkuzen klubi 19-pog'onada bormoqda.
ФОТО: Getty images
"Bayer" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 7-turida "Olimpiakos" mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Olimpiakos" 8 ochko bilan ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 22-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bayer" (9 ochko) esa 19-o‘rinda bormoqda.
Gretsiya klubi keyingi turda 28 yanvar kuni "Ayaks" mehmoni bo‘ladi. "Bayer" shu kuni Leverkuzen shahrida "Vilyarreal"ni qabul qiladi.
YeChL. 7-tur
Olimpiakos - Bayer - 2:0
Gollar: Koshtinya, 2 (1:0). Taremi, 45+1 (2:0)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist