locale OZ

YeChL. «Monako» Balogunning goli evaziga «Galatasaroy»ni mag'lub etdi

"Monako" ham 9 ochko to'plab, 17-o'rinda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YeChL. "Monako" Balogunning goli evaziga "Galatasaroy"ni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

"Monako" o'z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Galatasaroy"ni mag'lub etdi - 1:0.

Yagona gol 68-daqiqada mezbonlar hujumchisi Folarin Balogun tomonidan kiritildi. 51-daqiqada monakoliklar yarim himoyachisi Denis Zakariya penalti zarbasidan unumli foydalana olmadi.

Shunday qilib, "Galatasaroy" Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida 9 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda, "Monako" ham 9 ochko to'plagan, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha turk jamoasidan bir pog'ona pastda bormoqda.

YeChL. 6-tur

Monako - Galatasaroy - 1:0

Gollar: Balogun, 68 (1:0)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting