YeChL. «Liverpul» safarda «Marsel»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Mersisaydliklar 4-o‘ringa ko‘tarildi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 7-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga qarshi bahsda yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.
Szoboszlai va Gakpo o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Shuningdek, Rulli ham avtogol muallifiga aylandi.
Natijada "qizillar" ochkolarini 15 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Marsel" esa 9 ochko bilan 19-pog‘onaga tushib ketdi.
YeChL. 7-tur.
Marsel — Liverpul 0:3
Gollar: Szoboszlai (45+1), Rulli (72, avtogol), Gakpo (90+2).
Marsel — Rulli, Murillo, Pavar, Balerdi, Medina, Vea, Höjbjerg, Kondogbia (Nodir, 68), Traore (Payshao, 68), Guiri (Obameyang, 67), Grinvud.
Liverpul — Alisson, Frimpong, Gomes, van Deyk, Kerkez, Szoboszlai, Gravenberx, Mac Allister, Salah, Virtz (Jones, 79), Ekitike (Gakpo, 79).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist