YeChL g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar nomi e’lon qilindi — Opta
Opta superkompyuteri Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlaridan so‘ng jamoalarning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyatlarini yangiladi.
Unga ko‘ra, garchi nimchorak finalning ilk o‘yinida durang natija qayd etgan bo‘lsa-da, Londondagi "Arsenal" klubi musobaqada g‘alaba qozonish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Superkompyuter "kanonirlar"ning imkoniyatini 27,54 foiz deb baholadi. "Bavariya" 21,37 foiz bilan ikkinchi pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, "Barselona" 11,08 foiz bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
"Arsenal" — 27,54 foiz
"Bavariya" — 21,37 foiz
"Barselona" — 11,08 foiz
"PSJ" — 10,19 foiz
"Real Madrid" — 7,96 foiz
"Atletiko Madrid" — 5,97 foiz
"Liverpul" — 4,61 foiz
"Nyukasl Yunayted" — 2,39 foiz
"Manchester Siti" — 2,14 foiz
"Budyø-Glimt" — 1,86 foiz
"Bayer" — 1,62 foiz
"Galatasaroy" — 0,92 foiz
"Chelsi" — 0,82 foiz
"Sporting" — 0,45 foizdan kam
"Tottenhem" — 0,08 foizdan kam
"Atalanta" — 0 foiz