YeChL. «Chelsi» Londonda «Pafos»dan ustun keldi
"Ko‘klar" 8-o‘ringa ko‘tarildi.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 7-turidan o‘rin olgan "Pafos"ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi - 1:0.
Yagona gol 78-daqiqada kolumbiyalik yarim himoyachi Moyses Kaysedo tomonidan kiritildi.
Natijada "Chelsi" ochkolarini 13 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Pafos" esa 6 ochko bilan 30-pog‘onaga tushib ketdi.
YeChL. 7-tur
Chelsi - Pafos - 1:0
Gol: Kaysedo, 78 (1:0)
Chelsi: Yergensen (Sanches, 46), Badiashile, Fofana, Xato (Kukurelya, 70), Gyusto, Jeyms (Estevan, 46), Kaysedo, Fernandes, Garnacho (Gittens, 70), Pedru Netu, Delap (Joao Pedro, 70)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist