YeChL. «Arsenal» Milanda «Inter»dan ustun keldi
"To'pchilar" 21 ochko bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 7-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Milandagi "Juzeppe Meazza" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Jezus dubl qayd etdi, Djekereş ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Mezbonlar safida Suchich ham gol muallifiga aylandi.
Natiijada "Arsenal" 7 o‘yinda 7 g‘alaba (21 ochko) bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Inter" esa 8-pog‘onaga tushib ketdi – 12 ochko.
YeChL. 7-tur
Inter – Arsenal – 1:3
Gollar: Gabriel Jezus, 10 (0:1). Suchich, 18 (1:1). Gabriel Jezus, 31 (1:2). Djekereş, 84 (1:3)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist