YECHL 1/16 finaliga 11 ta jamoa yo‘l oldi
Ligada 7-tur o‘yinlari davom etmoqda.
ФОТО: Getty images
Yevropa Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 11 jamoa nomi aniq.
Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi 7-turining birinchi kungi uchrashuvlari yakunlandi.
Yevropaning asosiy klublar musobaqasida 11 jamoa keyingi bosqich masalasini hal qildi. Top-24likdan 12 ochko to‘plagan jamoalar endi pastga tushib ketmasligi aniq bo‘lib ulgirdi. Bu jamoalar "Arsenal", "Real Madrid", "Bavariya", "Tottenxem", PSJ, "Sporting", "Manchester Siti", "Atalanta", "Inter", "Atletiko" hamda "Liverpul".