locale OZ

YChL. Muddatidan avval 1/8 finalga yoʻllanma olgan ikkinchi jamoa nomi maʼlum boʻldi

Avvalroq «Arsenal» ertaroq nimchorak finalga chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Muddatidan avval 1/8 finalga yoʻllanma olgan ikkinchi jamoa nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi Chempionlar ligasining joriy mavsumida 1/8 final yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan ikkinchi jamoaga aylandi.

21 yanvardan 22 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan umumiy bosqichning 7-tur uchrashuvida myunxenliklar o‘z maydonida Belgiyaning «Yunion» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng nemis jamoasi 7 o‘yinda 18 ochko jamg‘arib, 36 ta klub ishtirok etayotgan umumiy turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Natijada «Bavariya»ni 1/16 final zonasidan (9–24-o‘rinlar) kamida besh ochko ajratib turibdi. E’tiborlisi, umumiy bosqich yakuniga atigi bir tur qolgan.

Avvalroq Londonning «Arsenal» klubi ham muddatidan oldin top-8 ga kirishni kafolatlab, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. «Kanonirlar» hozirda 7 o‘yindan 7 g‘alaba (21 ochko) bilan Chempionlar ligasi umumiy jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting