YChL. «Man Siti» oʻz maydonida «Bayer»ga yutqazdi, Husanov 65 daqiqa oʻynadi
Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi bahsni asosiy tarkibda boshladi.
FOTO: Getty Images
UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turidan oʻrin olgan bahsda «Manchester Siti» oʻz maydonida «Bayer»ni qabul qildi va yakunda 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlab hisob 23-daqiqada Alexandro Grimaldo tomonidan ochildi. 55-daqiqada esa Patrik Shik jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 65-daqiqada zaxiraga olindi.
YChL. 5-tur
«Man Siti» — «Bayer» 2:0
Gollar: Grimaldo (23), Shik (55).
Nasrullo Karimov
Jurnalist