YChL. Kun davomida oʻtkazilgan barcha oʻyinlarning natijalari bilan tanishing
25 noyabr kuni Yevropa futbolining eng nufuzli musobaqalaridan biri — UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turidan oʻrin olgan to‘qqizta bahs o‘tkazildi. Quyida ushbu o‘yin kunining asosiy natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
25 noyabr kungi Chempionlar ligasi uchrashuvlari natijalari:
«Galatasaroy» – «Yunion» – 0:1
«Ayaks» – «Benfika» – 0:2
«Napoli» – «Qorabog‘» – 2:0
«Slaviya» – «Atletik» – 0:0
«Marsel» – «Nyukasl» – 2:1
«Budyo-Glimt» – «Yuventus» – 2:3
«Manchester Siti» – «Bayer» – 0:2
«Borussiya D» – «Vilyarreal» – 4:0
«Chelsi» – «Barselona» – 3:0
Eslatib oʻtamiz, joriy mavsumning grand-finali Vengriya poytaxti Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida tashkil etiladi. Chempionni aniqlab beruvchi hal qiluvchi bellashuv 2026 yilning 30 may sanasiga belgilangan.