locale OZ

YChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar roʻyxati eʼlon qilindi

Gʻolib muxlislarning ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar roʻyxati eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvlardan so‘ng, tashkilot haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogar to‘rt nafar nomzodni e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatga quyidagi futbolchilar kiritildi:

  • Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»): «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (5:2) ikkita gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
  • Federiko Valverde («Real»): «Manchester Siti» darvozasiga uchta gol urib (3:0), xet-trik qayd etdi.
  • Xulian Alvares («Atletiko»): «Tottenhem»ga qarshi bahsda (5:2) ikkita gol va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
  • Maykl Olise («Bavariya»): «Atalanta»ga qarshi uchrashuvda (6:1) dubl va bitta golli uzatma bilan ajralib turdi.

Muxlislar UEFAning rasmiy sayti orqali ushbu nomzodlardan biriga o‘z ovozlarini berishlari mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting