YChL. Bugun «Real» «Bavariya»ga, «Arsenal» esa «Sporting»ga qarshi oʻynaydi
Uchrashuvlar boshlanish vaqtlari bilan tanishing.
FOTO: Getty Images
Bugun, 15 aprel kuni Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa doirasida ikki o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
15 aprel kungi o‘yinlar jadvali (Toshkent vaqti bilan):
- 00:00. «Arsenal» — «Sporting;
- 00:00. «Bavariya» — «Real».
Mazkur juftliklar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvlar 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda «Arsenal» «Sporting»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan, «Bavariya» esa «Real»dan 2:1 hisobida ustun kelgan edi.
Musobaqaning joriy mavsumdagi final bahsi Vengriyaning Budapesht shahridagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi o‘yin 2026 yilning 30 mayiga belgilangan. Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist