locale OZ

YChL. «Benfika» oʻz maydonida «Napoli»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi

Chempionlar Ligasining 6-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Benfika» oʻz maydonida «Napoli»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Lissabondagi «Da Lush» stadionida 2025/2026 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasida «Benfika» va «Napoli» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuvda mezbonlar ishonchli tarzda — 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin boshidan boshlab tashabbusni qo‘lga olgan portugaliyaliklar 20-daqiqada birinchi golni urishdi — yarimhimoyachi Richard Rios hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida Leandro Barreyro to‘pni darvozaga yo‘llab, ustunlikni mustahkamladi va uchrashuvning yakuniy natijasini belgiladi — 2:0.

Keyingi turda «Benfika» 21 yanvar kuni safarda «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi. «Napoli» esa 20 yanvar kuni Daniyada «Kopengagen» mehmoni bo‘ladi.

6-turdan so‘ng «Benfika» 6 ochko bilan umumiy jadvalda 25-o‘rinda bormoqda. «Napoli» esa 7 ochko jamg‘arib, 23-pog‘onada joylashgan.

YChL. 6-tur

«Benfika» — «Napoli» 2:0

Gollar: Rios (20), Barreyro (49).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting