locale OZ

YChL. «Bayer» oʻz maydonida «Nyukasl» bilan durang oʻynadi

Chempionlar Ligasining 6-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. «Bayer» oʻz maydonida «Nyukasl» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turidan oʻrin olgan bahsda «Bayer» va «Nyukasl» oʻzaro to'qnash keldi va yakunda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Dastlab Brunu Gimarayesh 13-daqiqada oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. 51-daqiqada Entoni Gordon muvozanatni tikladi.

74-daqiqaga kelib Lyuis Mayli inglizlarni oldinga olib chiqqan boʻlsa, 88-daqiqada Alexandro Grimaldo leverkuzenliklarni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.

Maʼlumot uchun, «Bayer» keyingi turda «Olimpiakos»ga, «Nyukasl» esa «PSV»ga qarshi maydonga tushadi.

YChL. 6-tur

«Bayer» — «Nyukasl» 2:2

Gollar: Gimarayesh (avtogol, 13), Grimaldo (88) — Gordon (51), Mayli (74).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting