YChL. «Barselona» «Nyukasl»ga, «Atletiko» «Tottenhem»ga qarshi oʻynaydi — 10 mart sanasiga belgilangan oʻyinlar bilan tanishing
Bugun Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi start oladi.
FOTO: Getty Images
Bugun, 10 mart kuni futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi dastlabki to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Bugungi uchrashuvlar jadvali:
- 22:45. «Galatasaroy» (Turkiya) — «Liverpul» (Angliya)
- 01:00. «Atalanta» (Italiya) — «Bavariya» (Germaniya)
- 01:00. «Atletiko» (Ispaniya) — «Tottenhem» (Angliya)
- 01:00. «Nyukasl» (Angliya) — «Barselona» (Ispaniya)
Mazkur juftliklar o‘rtasidagi javob uchrashuvlari 18 mart, chorshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdagi turnirning hal qiluvchi uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.