locale OZ

YChL. 9 ta gol urilgan o‘yinda «PSJ» «Bavariya»ni mag‘lub etdi

Xvicha va Dembele dublga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. 9 ta gol urilgan o‘yinda «PSJ» «Bavariya»ni mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

"PSJ" Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinida "Bavariya" ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limning o‘zida jamoalar beshta gol urishdi va bu turnir yarim finallari tarixidagi ilk voqea sifatida qayd etildi.

Mezbonlardan Xvicha va Dembele dublga erishdi, mehmonlar hujumidagi Keyn-Olise-Dias trio ham o‘zini ko‘rsatdi.

"PSJ" va "Bavariya" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi finalda "Atletiko" — "Arsenal" qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

YChL. Yarimfinal
Birinchi o‘yin
PSJ — Bavariya 5:4
28 aprel, "Park de Prens"
Gollar: Kvaratsxeliya (24, 56), Nevesh (33), Dembele (45+5 penalti, 58) — Keyn (17, penalti), Olise (41), Upamekano (65), Dias (68).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting