YChL. 6-turning hafta ramziy terma jamoasi e'lon qilindi
Hozirda «Arsenal» umumiy jadvalda yakka peshqadamlik qilmoqda.
FOTO: Getty Images
UEFA rasmiy sayti Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-tur ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Darvozabon: Unay Simon («Atletik»)
Himoyachilar: Niko O'Rayli («Manchester Siti»), Muhammad Salisu («Monako»), David Ganchko («Atletiko»), Jyul Kunde («Barselona»).
Yarimhimoyachilar: Lenart Karl («Bavariya»), Richard Rios («Benfika»), Sharl De Ketelare («Atalanta»).
Hujumchilar: Entoni Gordon («Nyukasl»), Meyson Grinvud («Marsel»), Noni Madueke («Arsenal»).
Chempionlar ligasi umumiy bosqichida 6 ta turdan so‘ng turnir jadvaliga 18 ochko bilan «Arsenal» boshchilik qilmoqda. Shuningdek, kuchli to‘rtlikdan «Bavariya» (15), «PSJ» (13) va «Manchester Siti» (13) o‘rin olgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist