locale OZ

YChL. 17 mart kuni boʻlib oʻtgan 1/8 final bosqichi javob uchrashuvlari natijalari bilan tanishing

Nimchorak finalning qolgan oʻyinlari 18 mart sanasida boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
YChL. 17 mart kuni boʻlib oʻtgan 1/8 final bosqichi javob uchrashuvlari natijalari bilan tanishing
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida 17 mart kuni to‘rtta javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yin kunining yakuniy natijalari bilan tanishing:

17 mart kungi uchrashuvlar natijalari:

«Sporting» — «Budyo-Glimt» — 5:0 (qo‘shimcha bo‘limlar bilan)

Portugaliyaliklar birinchi o‘yindagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z maydonlarida yirik g‘alabaga erishib, chorak finalga yo‘l olishdi.

«Chelsi» — «PSJ» — 0:3

Amaldagi chempionlar Londonda kechgan bahsda ham ustunliklarini namoyish etib, umumiy hisobda (8:2) g‘alaba qozonishdi.

«Manchester Siti» — «Real» Madrid — 1:2

Madridliklar Manchesterdagi qiyin bahsda g‘alaba qozonishdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (5:1) keyingi bosqich masalasini hal qilishdi.

«Arsenal» — «Bayer» — 2:0

Londondagi «Emireyts» stadionida kechgan bahs «kanonirlar»ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi va ular ham kuchli sakkizlikdan joy olishdi.

Ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari bir hafta oldin bo‘lib o‘tgan edi. Chorak finalning qolgan ishtirokchilari 18 mart, chorshanba kungi o‘yinlardan so‘ng aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumning final bahsi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Musobaqaning amaldagi g‘olibi esa Fransiyaning «PSJ» klubi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting