locale OZ

«Yaypan» Proliga-2026 ishtirokchilari safiga qabul qilindi

Liga uni viloyat hokimi Xayrulla Bozorov kafolati ostida Proliga ishtirokchilari safiga qo‘shishga qaror qildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yaypan» Proliga-2026 ishtirokchilari safiga qabul qilindi
Фото: UzPFL

Farg‘onaning “Yaypan” klubi Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgani va u viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’lum qilingandi.

O‘tgan davr ichida “Yaypan” klubining O‘zbekiston tumanida joylashgan stadion, futbol bazasi, akademiyasi va uning qoshidagi mashg‘ulot maydonlaridan foydalanishi masalasi hal etildi. Infratuzilma davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan bo‘lib, keyingi besh yil davomida undan “Yaypan” klubining foydalanishi borasida kelishuvga erishildi.

Viloyat hokimi tashabbusi bilan stadionni katta futbol uchrashuvlariga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Uning maydoni joriy yilning aprel oyiga qadar Liga talab qilgan minimal ko‘rinishga keltirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Yaypan” futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning klub tasarrufiga qabul qilinishi va undan chiqarilishi kabi masalalar Liga yordamida tartibga keltiriladi hamda sakkizta yosh toifasi bo‘yicha tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olinadi.

“Yaypan” klubining smeta xarajatlari talab etilgan ko‘rinishda to‘liq ishlab chiqilgani, klub keyingi besh yil davomida katta futbol uchrashuvlarini qabul qila oladigan stadiondan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgani, bolalar futbolini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha aniq rejalariga ega ekanligidan kelib chiqib, Liga uni viloyat hokimi Xayrulla Bozorov kafolati ostida Proliga ishtirokchilari safiga qo‘shishga qaror qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting