locale OZ

Yangi mavsum oldidan so'nggi nazorat uchrashuvida durang o'ynadik

Yangi mavsum uchun tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini o'tkazayotgan jamoamiz a'zolari bugun o'rtoqlik uchrashuvlarining ham oxirgisini o'tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Yangi mavsum oldidan so'nggi nazorat uchrashuvida durang o'ynadik
photo: Qizilqum FK

Yangi mavsum oldidan so'nggi nazorat uchrashuvida durang o'ynadik

Yangi mavsum uchun tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini o'tkazayotgan jamoamiz a'zolari bugun o'rtoqlik uchrashuvlarining ham oxirgisini o'tkazdi. Bu safar bizga Tojikistonning «Xo'jand» klubi raqiblik qildi.

Murosasiz kurashlarga boy o'tgan bahsda tomonlar bir martadan darvozalarni ishg'ol qilgan holda durang natijasini qayd etishdi. Jamoamiz tarkibida Islom Kenjaboyev gol muallifi bo'ldi. Bellashuvning 72-daqiqasida Shohro'z Norxonovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltini Islom aniq amalga oshirdi. Raqiblar esa 80-daqiqada himoyachimizning qo'pol xatosidan keyin darvozamizni ishg'ol etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting