Yana bir o‘zbek futbolchisi Yevropada to‘p suradi
21 yoshli o‘zbek hujumchisi Asadbek Beglarxanov faoliyatini Ruminiyada davom ettiradi
Rasm: Gazeta.uz
Asadbek ruminiyaning “Bihor” klubi bilan shartnoma imzoladi. Beglarxanov yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Bungacha futbolchi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi yoshlar tarkibida to‘p surgan.
Asadbek kattalar futbolida hali o‘zini to‘liq namoyon eta olmagan. Shunga qaramay, ruminiya klubi uning salohiyatiga ishongan ko‘rinadi va uni kelajak uchun tarbiyalash maqsadida jamoaga jalb etgan. “Bihor” klubi Ruminiyaning ikkinchi divizionida ishtirok etadi.
Bakradze Iman
Redaktor