Yan Diomande Mourinyu haqida: “U uchun o‘lishga ham tayyorman”
Kot-d’Ivuarlik vinger portugaliyalik mutaxassisni yuqori baholab, uning qo‘l ostida o‘zini yanada rivojlantirishiga ishonishini aytdi.
Foto: Getty Images
“Real Madrid”ning yangi futbolchisi Yan Diomande bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan ishlayotgani haqida fikr bildirdi. Kot-d’Ivuarlik vinger portugaliyalik mutaxassisni yuqori baholab, uning qo‘l ostida o‘zini yanada rivojlantirishiga ishonishini aytdi.
“U bilan ishlayotganimdan xursandman, chunki u eng yaxshisi. Undan juda ko‘p narsani o‘rganishim mumkin. U mening rivojlanishim uchun ayni kerakli murabbiy. Men u uchun o‘lishga ham tayyorman”, — dedi Diomande Marca nashriga.
Diomande shu yozda “RB Leypsig”dan “Real Madrid”ga transfer qilindi. Madrid klubi 19 yoshli futbolchi uchun 125 million yevro va yana 15 million yevrogacha bonus to‘lashi mumkin. Shu tariqa transferning umumiy qiymati 140 million yevroga yetishi ehtimoli bor.
Ma’lumot uchun, Diomande o‘tgan mavsum “RB Leypsig” safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatma qayd etdi. 2026-yilgi jahon chempionatida esa Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida 4 ta o‘yinda qatnashib, bitta assist amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist