locale OZ

Yamal Messining JCh-2026dagi o‘yiniga yuqori baho berdi

19 yoshli futbolchining fikricha, argentinalik yulduz turnir davomida kutilganidan ham yuqori saviyada o‘ynab, jamoasini finalgacha yetaklagan.
Yamal Messining JCh-2026dagi o‘yiniga yuqori baho berdi
Foto: Getty Images

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Lionel Messining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi. 19 yoshli futbolchining fikricha, argentinalik yulduz turnir davomida kutilganidan ham yuqori saviyada o‘ynab, jamoasini finalgacha yetaklagan. Bu haqda Movistar Plus xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Yamal Messini JCh-2026ning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini bildirgan. Ispaniyalik futbolchi 39 yoshli argentinalikning deyarli har bir uchrashuvda hal qiluvchi vaziyatlarda jamoasiga yordam berganini va bunday yoshda shu darajadagi o‘yinni namoyish etishini ko‘pchilik kutmaganini ta’kidlagan.

“Messi tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanini hamma biladi, ammo hech kim undan bunday darajadagi Jahon chempionatini kutmagandi. Argentina tarkibida kuchli futbolchilar ko‘p, lekin eng muhim vaziyatlarda Leo doimo maydonga chiqib, o‘z so‘zini aytdi. Men uchun u turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi”, — dedi Yamal “Universo Valdano” dasturida.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi JCh-2026da 8 ta uchrashuvda 8 ta gol va 4 ta assist qayd etib, jami 12 ta golga bevosita hissa qo‘shdi. U to‘purarlar ro‘yxatida 10 gol urgan Kilian Mbappedan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Argentina esa finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting