Yamal La Ligadagi chempionlik haqida gapirdi
"Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
ФОТО: Getty images
“Barselona” vingeri Lamin Yamal Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida chempionlik uchun kurash haqidagi savolga javob berdi.
- Madridning "Real" va "Atletiko" klublari ancha kuchaydi. Chempionlik uchun kurashda kim kuchliroq bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
"Ikkala jamoa ham juda raqobatbardosh. Agar biz o‘z ishimizni yaxshi bajarsak, hammasi o‘zimizga bog‘liq bo‘ladi deb o‘ylayman”, — deya Yamalning so‘zlaridan keltiradi Mundo Deportivo.
Ma’lumot uchun, "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Xabi Alonso shogirdlari 4 o‘yindan so‘ng 12 ochko jamg‘arishdi. "Barselona" uch o‘yindan so‘ng 7 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda. "Atletiko" 4 o‘yinda 5 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist