Yamal – eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan futbolchi
ФОТО: Getty images
"Barselona" vingeri Lamin Yamal yana eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan futbolchilar reytingini boshqarib turibdi.
18 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi muntazam ravishda raqiblarini eng ko‘p aldab o‘tmoqda. Yamal hisobida La Liganing atigi uchta turidan keyin 18 ta muvaffaqiyatli dribling bor — bu Yevropaning beshta yetakchi chempionatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Ikkinchi pog‘onani "Atletik" klubi a’zosi Niko Uilyams (16), uchinchi o‘rinni "Tuluza" a’zosi Yann Gbo (13) egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda Yankuba Mente ("Brayton", 11) va Kilian Mbappe ("Real", 10) joy olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist