locale OZ

Yamal: «Biz JCH-2026 favoritlaridan birimiz»

3-turda Ispaniya milliy jamoasi Urugvay bilan uchrashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal: «Biz JCH-2026 favoritlaridan birimiz»
ФОТО: Getty images

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Saudiya Arabistoni ustidan erishilgan yirik (4:0) g'alabadan so'ng milliy jamoaning istiqbollarini baholadi.

«Rodri — «Oltin to'p» sohibi, Pedri, menimcha, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi, bizda Nico [Uilyams], Olmo, Oyarsabal bor... Ularning hammasi juda yaxshi. Agar biror narsa bilan yordam bera olsam, xursand bo'laman. Biz jahon darajasidagi o'yinchilarmiz, shuning uchun biz favoritlarmiz», — deya Yamalning so'zlarini keltiradi AS.

Ikkita o'yindan so'ng Ispaniya terma jamoasi to'rt ochko jamg'arib, N guruhi turnir jadvalini boshqarib bormoqda.

3-turda Ispaniya milliy jamoasi Urugvay bilan uchrashadi (27 iyun).
Guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting