locale OZ

Yamal birinchi, Mbappe toʻrtinchi — 2025 yilda eng koʻp muvaffaqiyatli dribling qilgan futbolchilar eʼlon qilindi

Squawka oʻziga xos statistikani taqdim etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamal birinchi, Mbappe toʻrtinchi — 2025 yilda eng koʻp muvaffaqiyatli dribling qilgan futbolchilar eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

«Barselona» vingeri Lamin Yamal 2025 yil davomida Yevropaning top-5 ligasida eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Squawka nashri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli ispaniyalik futbolchi yil davomida 188 ta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yaqqol yetakchiga aylangan.

Ikkinchi o‘rinni «Manchester Siti» hujumchisi Jeremi Doku (111) egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘onadan «Tottenhem» vingeri Muhammad Qudus (98) joy oldi. To‘rtinchi o‘rinda Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe (96), beshinchi o‘rinda esa «qaymoqranglilar» vingeri Vinisius Junior (86) qayd etilgan.

2025 yilda top-5 ligalarda eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling qilgan futbolchilar (Squawka):

  1. Lamin Yamal («Barselona») — 188
  2. Jeremi Doku («Manchester Siti») — 111
  3. Muhammad Qudus («Tottenhem») — 98
  4. Kilijan Mbappe («Real») — 96
  5. Vinisius Junior («Real») — 86
  6. Andrey Ratsiu («Rayo Valekano») — 77
  7. Yankuba Minte («Brayton») — 75
  8. Niko Pas («Komo») — 72
  9. Maykl Olise («Bavariya») — 70
  10. Niko Uilyams («Atletik») — 68
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting