locale OZ

Xurshid G‘iyosov «Neftchi» bilan shartnoma imzoladi

U Olmaliqni tark etib, Farg‘ona tomon yo‘l oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xurshid G‘iyosov «Neftchi» bilan shartnoma imzoladi
Фото: ОКМК

"Neftchi" klubi endi Xurshid G‘iyosov ham rasman farg‘onaliklar a’zosiga aylanganini ma’lum qildi. Bu xabarni klub matbuot xizmati yetkazdi.

Xurshidbek G‘iyosov 1995 yil 13 aprel sanasida tug‘ilgan. U professional futbolchilik faoliyatini 2014 yilda Toshkentning “Bunyodkor” klubida boshlagan. O‘zining mehnatsevarligi, maydon markazidagi faolligi va texnik imkoniyatlari bilan qisqa fursatda e’tibor qozongan futbolchi 2020 yilda Janubiy Koreyaning “Anyang” klubida to‘p surib, xalqaro tajriba orttirdi.

2021 yilda yana “Bunyodkor” safiga qaytgan Xurshidbek, 2022 yildan shu kungacha Olmaliqning OKMK klubida faoliyat olib bordi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting