Xulian Alvares Messi bilan “Barselona” haqida suhbatlashdi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares muntazam ravishda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bilan muloqot qilib, undan “Barselona” haqida ma’lumot olayotgani ma’lum qilindi.
Bu haqda futbolchining yaqinlari tomonidan bildirilgan fikrlarga tayanib xabar berildi. Unga ko‘ra, Alvares kataloniyaliklar klubi, uning muhiti va loyihasi haqida Messi bilan suhbatlar o‘tkazib turadi.
Avvalroq Ispaniya matbuoti “Barselona” Xulian Alvares transferiga qiziqayotgani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, Madridning “Atletiko” klubi futbolchi bilan ruxsatsiz muzokaralar olib borilgani bo‘yicha FIFAga shikoyat qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, Messi va Alvares o‘rtasidagi suhbatlar ko‘proq futbol va klub haqidagi fikr almashish xarakteriga ega bo‘lgan.
Hozircha Xulian Alvaresning kelajagi borasida rasmiy qaror qabul qilinmagan, biroq uning nomi yozgi transfer oynasining eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.