locale OZ

Xose Luis Chilavert Mbappega keskin javob qaytardi: \"Sen irqchilik haqida gapirasan-u, lekin...\"

Avvalroq senator Amarilya Mbappe haqida haqoratli fikr bildirgandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Xose Luis Chilavert Mbappega keskin javob qaytardi: "Sen irqchilik haqida gapirasan-u, lekin..."
FOTO: Getty Images

Paragvay terma jamoasining afsonaviy sobiq darvozaboni Xose Luis Chilavert Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega juda keskin tarzda murojaat qildi. Bunga Paragvay senatori Selesta Amarilya tomonidan hujumchiga nisbatan aytilgan irqchilik haqoratlaridan keyin yuzaga kelgan mojaro sabab bo‘ldi. Shuningdek, Chilavert Fransiya terma jamoasining sobiq a’zosi Kristof Dyugarrining JCh-2026 turnirida Paragvay ko‘rsatgan o‘yinni "jirkanch va tarixdan oldingi davrga xos" deb atagan so‘zlarini ham eslab o‘tdi.

— "Kilian, sen irqchilik haqida gapiryapsan, lekin Dyugarrining gaplari seni tashvishga solmayaptimi? Sen Paragvay terma jamoasi futbolchisini haromzoda (itdan tarqagan) deb atading va buni normal holat deb hisoblayapsan. Senga eslatib qo‘ymoqchiman: adolatsiz va shafqatsiz urushdan keyin mening vatanimni aynan Paragvay ayollari qayta tiklashgan. Omad yar bo‘lsin!" — deb yozdi Chilavert o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq senator Amarilya Mbappe haqida haqoratli fikrlar bildirib, JCh-2026 musobaqasining 1/8 final o‘yinidan so‘ng Paragvay terma jamoasi a’zolaridan hech biri uning yuziga tarshaki tushirmaganini qoralagan edi. Hujumchi ushbu bayonotga munosabat bildirdi, Fransiya futbol federatsiyasi esa prokuraturaga ariza kiritdi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting