locale OZ

«Xorazm» – «Navbahor» (prevyu)

Uchrashuv soat 17:00da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Xorazm» – «Navbahor» (prevyu)
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining 24-turi doirasida "Navbahor" Urganchda "Xorazm" mehmoni bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, urganchliklar 14 yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytishdi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 17 marta to‘qnash kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 13 tasida namanganliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 2 ta o‘yinda esa urganchliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbati – 44-10, "Navbahor" foydasiga.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda "Navbahor"ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 10:0 natijasi qayd etilgan bellashuv bo‘lib, "lochinar" 2006-yilgi mavsumda o‘z maydonida shu hisobda zafar quchishgan.

"Xorazm" esa hali "Navbahor"ni yirik hisobda mag‘lub eta olmagan.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 41 ochkoni, urganchliklar esa 8 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Urganchda o‘tkazilgan 8 ta uchrashuvning 2 tasida mezbonlar, 4 tasida "lochinar" zafar quchishgan, 2 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan (1996-yili "Xorazm" "Dinamo" nomi ostida o‘ynagan).

Urganchliklar o‘z maydonida o‘tkazilgan bahslarda namanganliklar darvozasiga 6 ta gol urib, o‘z darvozasidan 11 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Mazkur jamoalarning 1-davrasi Namanganda bo‘lib o‘tgan bellashuvida vakillarimiz Zabihillo Orinboevning 50-daqiqada penaltidan urgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Urganchda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlar:

1996 yil. "Dinamo" – "Navbahor" – 0:2
1997 yil. "Xorazm" – "Navbahor" – 0:0
1998 yil. "Xorazm" – "Navbahor" – 1:0
1999 yil. "Xorazm" – "Navbahor" – 0:1
2000 yil. "Xorazm" – "Navbahor" – 2:2
2006 yil. "Xorazm" – "Navbahor" – 0:5
2009 yil. "Xorazm" – "Navbahor" – 3:1
2010 yil. "Xorazm" – "Navbahor" – 0:1.

Eslatib o‘tamiz, "Xorazm" – "Navbahor" bahsi 3-oktabr kuni Urganch shahridagi "Xorazm" sport majmuasida soat 17:00 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting