«Xorazm» fransiyalik futbolchi transferini e'lon qildi
U Fransiya U-16 va U-17 terma jamoalari safida ham maydonga tushgan.
Фото: Хоразм ПФК
"Xorazm" fransiyalik vinger Yanis Leri transferi haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 22 yoshli vinger Leri o'tgan mavsum Ispaniyaning "Logronyes" jamoasida o'ynagan.
Faoliyati mobaynida Fransiya, Lyuksemburg va Ispaniya jamoalarida harakat qilgan.
U Fransiya U-16 va U-17 terma jamoalari safida ham maydonga tushgan.
Shunday qilib, u yangi mavsumni “Xorazm” libosida boshlaydi. “Xorazm” hozirda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. Tez orada Turkiya safariga yo'l oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist