locale OZ

Xeronimo Ruli faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi

O‘tgan Liga 1 mavsumida Ruli 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yuborgan edi.
Xeronimo Ruli faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi
photo: gettyimages

«Manchester Siti» 34 yoshli darvozabon Heronimo Ruli transferi bo‘yicha «Marsel» klubi bilan prinsipial kelishuvga erishdi, deb xabar beradi L'Equipe. Kelishuv summasi 3,5 million yevroni tashkil etadi.

Argentinalik posbon juma yoki shanba kuni Angliyaga yo‘l oladi. «Marsel» esa uning o‘rniga o‘rinbosar sifatida Marchin Bulka nomzodini ko‘rib chiqmoqda — Fransiya klubi «Neom»ga darvozabonni ijaraga olish bo‘yicha taklif yuborib bo‘lgan.

O‘tgan Liga 1 mavsumida Ruli 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yuborgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting