locale OZ

Xavi «Chelsi» boshqaruviga kelishi mumkin

45 yoshli mutaxassis hozirda ishsiz yuribdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xavi «Chelsi» boshqaruviga kelishi mumkin
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Londonning «Chelsi» jamoasini boshqarishi mumkin. Bu holat amaldagi bosh murabbiy Enzo Mareska iste’foga chiqarilgan taqdirda yuz berishi ehtimol. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» rahbariyati Mareskaning so‘nggi matbuot anjumanlaridagi bayonotlaridan norozi. Xususan, mutaxassis jamoani hamma ham qo‘llab-quvvatlamayotgani haqida aytgan so‘zlari klubda salbiy munosabat uyg‘otgan.

45 yoshli Xavi 2021–2024 yillar davomida «Barselona»ni boshqargan. Ispaniyalik murabbiy lavozimidan ozod etilganidan buyon ishsiz qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting