Xavi APLda ish boshlashi mumkin
"Tottenhem" Xavini jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
ФОТО: Getty images
“Tottenhem” klubi qoniqarsiz natijalar sabab Tomas Frankni iste'foga chiqarishi mumkin.
The Athletic xabariga ko‘ra, Frank lavozimidan chetlatilsa, uning o‘rniga Xavi taklif qilinishi mumkin.
APLning 16-turida "shporlar" "Nottingem Forest"ga yirik hisobda yutqazdi (0:3). Jamoa 11-o‘rinda bormoqda.
"Tottenhem" Xavini jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Xavi "Barselona"ni 2024 yilning yozida tark etgandi. Mutaxassis Kataloniya klubi boshqaruvida 143 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 91 ta g‘alaba, 23 ta durang va 29 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist