Xames Rodriges «Oltin to'p»ni yutishi mumkin bo'lgan futbolchi nomini aytdi
U vatanadoshini afzal ko'rdi.
ФОТО: Getty images
Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning fikricha, uning milliy jamoasidagi sherigi, «Bavariya» qanot hujumchisi Luis Dias 2026 yilgi «Oltin to'p»ni yutishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda vinger klub miqyosida 51 ta o'yin o'tkazib, 26 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Luis Dias — «Oltin to'p» uchun asosiy da'vogarlaridan biri. Nima uchun yo'q? Menimcha, u hozirning o'zida dunyoning eng yaxshi besh nafar futbolchisi qatoriga kiradi. Agar Kolumbiya terma jamoasi [jahon chempionati] finaliga chiqsa, Dias «Oltin to'p»ni yutishi mumkin», — deya Rodrigesning so'zlaridan iqtibos keltiradi taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist