Xames Rodriges faoliyatini Italiyada davom etirishi mumkin
Unga B Seriya vakili qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
Kolumbiyalik veteran Xames Rodriges faoliyatining so‘nggi bosqichida Italiya chempionatida to‘p tepishi mumkin.
Marca nashri italiyalik jurnalist Matteo Morettoning ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Xames «Avellino» bilan kelishuvga erishishga juda yaqin. Futbolchining transferidagi asosiy omillardan biri klub bosh murabbiyi, afsonaviy futbolchi Alessandro Nestaning ishtiroki bo‘lmoqda.
«Avellino» Italiya chempionatining uch turidan so‘ng B Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.