Xalqaro turnir. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Kanadani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi
Фото: ЎФА
Ispaniyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Kanadaga qarshi o‘ynadi.
Xalqaro turnirning 2-turida Islom Ismoilov shogirdlari 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Abdusamad Saidov va Sadriddin Hasanov gollarga mualliflik qilishdi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, penaltilar seriyasi tepildi. Unda omad o‘zbekistonlik futbolchilar tomonida bo‘ldi — 6:5.
O‘smirlar terma jamoasi birinchi turda Angliyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Xalqaro o‘rtoqlik turniri
Kanada 2:2 O‘zbekiston
Gollar: Abdusamad Saidov, Sadriddin Hasanov.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist