locale OZ

Xabi Alonso: «Chelsi»da barcha muvaffaqiyat uchun sharoit mavjud»

Murabbiy jamoada mavjud imkoniyatlar haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso: «Chelsi»da barcha muvaffaqiyat uchun sharoit mavjud»
ФОТО: Getty images

“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso klub haqidagi ilk taassurotlari hamda mavsumoldi tayyorgarlik rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu juda yuqori darajadagi klub. Infratuzilma a’lo darajada, ammo bu o‘zi yetarli emas. Ishga mehr qo‘shish, uning mazmunini shakllantirish va ijobiy muhit yaratish kerak. Barcha o‘zini yaxshi his qiladigan joyda, odatda, yaxshi natijalar ham keladi.

Endi men uchun eng muhimi — insonlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish. Chunki futbolda hamma narsa ishonch va o‘zaro tushunishdan boshlanadi.

Men futbolchilarning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Endi esa biz umumiy maqsad va yagona g‘oya atrofida birlashishimiz kerak. Men aynan shunday muhitni yaratishni istayman. Futbolchilar maydonda har bir musobaqada raqobatlasha olishimizga ishonishlari va bu jarayondan zavq olishlari lozim”, — dedi Alonso.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting