Xabi Alonso “Arsenal” futbolchisini “Chelsi”da ko‘rmoqchi
Ispaniyalik mutaxassis bu haqda klub rahbariyatini ham xabardor qilgan.
Foto: Getty Images
“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso “Arsenal” yarim himoyachisi Martin Subimendini o‘z jamoasiga olib kelishni istamoqda. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis bu haqda klub rahbariyatini ham xabardor qilgan. Biroq ayni paytda transferning amalga oshish ehtimoli past baholanmoqda.
27 yoshli Subimendi o‘tgan yozda “Real Sosyedad”dan “Arsenal”ga 65 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Yarim himoyachi “kanonirlar”ning Angliya Premyer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist