locale OZ

Wirtz \"Liverpul\"da qancha maosh olishi ma'lum qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Wirtz "Liverpul"da qancha maosh olishi ma'lum qilindi
Photo: Getty Images

"Bayer" va Germaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Florian Wirtz "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining yangi klubdagi maoshi bonus to‘lovlarini hisobga olgan holda 15 million yevroni tashkil etadi.

Wirtz maosh olish bo‘yicha hujumchi Muhammad Salah va himoyachi Virjil van Deykdan keyin uchinchi futbolchiga aylanadi.

O‘tgan mavsum u Bundesligada 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urgani va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgani bilan ajralib turdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting